Uz | Ru

XAVFLI GEOLOGIK JARAYONLARNI KUZATISH DAVLAT XIZMATI 2021 YIL QISH-BAHOR MAVSUMIDA YUQORI TAYYORGARLIK HOLATIDA ISHLASH REJIMIGA OʼTKAZILDI

18 феврал, 11:15


Oʼzbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmati Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi PQ-585 sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 noyabrdagi 909-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda 2021 yilning qish-bahor mavsumida xavfli ekzogen geologik jarayonlar xavfidan aholi punktlari va iqtisodiyot obʼektlarini himoya qilish boʼyicha oʼz vaqtida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 12 fevralidan «2021 yil qish-bahor mavsumida Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish Davlat xizmatini yuqori tayyorgarlik holatida ishlash rejimiga oʼtkazish toʼgʼrisida»gi 08-i/ch buyrugʼi tasdiqlandi.

Mazkur buyruqqa asosan joriy yilning 15 fevralidan korxona o’z faoliyatini yuqori tayyorgarlik holatida ishlash rejimida davom etishi hamda barcha mutasaddi xodimlarga ushbu davrda xavfli ekzogen geologik jarayonlarning shakllanishi va rivojlanishini monitoring qilish bo
ʼyicha ishlarni toʼgʼri tashkil etish va kuzatilayotgan hududlar doirasida ularning faollashishi nazorat qilish, shuningdek, togʼ va togʼoldi hududlaridagi aholi punktlari, iqtisodiyot va ijtimoiy soha obʼektlari hamda boshqa hududlarda monitoring kuzatuvlari kuchaytirilishi toʼgʼrisida tegishli topshiriqlar berildi.